Crystal Avenue

Crystal Avenue

  • Farg'ona
  • Turar-joy majmuasi

Farg'ona shahrida zamonaviy va yirik miqyosdagi hayot tarzi

Pastga
01

Loyiha haqida

Zamonaviy arxitektura, yopiq va qo'riqlanadigan hovli, xavfsiz bolalar maydonchalari va qulay infratuzilma — bularning barchasi bir majmuada jamlangan.

Shahar markazida joylashgan Crystal Avenue sizga tinchlik, qulaylik va sifatli hayot tarzini taklif etadi.

02

Asosiy jihatlar

  1. 01

    Mukammal infratuzilma va qulayliklar

  2. 02

    Xususiy yashil bog'

  3. 03

    Qulay joylashuv

  4. 04

    Zamonaviy liftlar

Crystal Avenue — Arxitektura 1/3
Crystal Avenue — Arxitektura 2/3
Crystal Avenue — Arxitektura 3/3
01/ 03

Arxitektura

MUSTAHKAMLIK VA ZAMONAVIY ME'MORCHILIK

"Crystal Avenue" turar-joy majmuasi Farg'ona shahrida qad rostlayotgan, o'zida 16 ta 16 qavatli binolarni jamlagan ulkan me'moriy loyihadir. Binolarning mustahkamligiga alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, qurilishda 85 foiz yuqori sifatli temir-beton monolit va 15 foiz avtoklavli gazobloklardan foydalanilmoqda. Bu esa har qanday seysmik holatlarda ham binoning to'liq xavfsizligini ta'minlaydi. Har bir blokda ikkitadan zamonaviy tezyurar liftlar o'rnatilishi aholi qulayligi uchun xizmat qiladi. Majmuaning eng yuqori 16-qavatida keng terassaga ega bo'lgan pentxauslar joylashgan bo'lib, ular orqali shahar manzarasi yanada go'zal ko'rinishda namoyon bo'ladi.

Crystal Avenue — Joylashuv 1/4
Crystal Avenue — Joylashuv 2/4
Crystal Avenue — Joylashuv 3/4
Crystal Avenue — Joylashuv 4/4
01/ 04

Joylashuv

SHAHAR MARKAZIDAGI MAQBUL LOKATSIYA

Loyiha Farg'ona shahrining o'qish va ish faoliyati qaynagan nufuzli hududlaridan birida, Murabbiylar ko'chasida qad rostlamoqda. Universitetning tabiiy fanlar fakulteti yonida hamda sobiq pivo zavodi o'rnida joylashgan ushbu manzil yosh oilalar va talabalar uchun ham, osoyishta hayotni izlagan insonlar uchun ham mukammal tanlovdir. Atrofdagi keng yo'llar, jamoat transporti bekatlari va markaziy ko'chalarga ulanish nuqtalari aholining shahar bo'ylab erkin va tez harakatlanishiga to'liq imkon yaratadi. "Crystal Avenue" majmuasining strategik maqbul joylashuvi kundalik ishlaringizni osonlashtiradi va vaqtingizni maksimal darajada tejashingizga yordam beradi.

Crystal Avenue — Infratuzilma 1/5
Crystal Avenue — Infratuzilma 2/5
Crystal Avenue — Infratuzilma 3/5
Crystal Avenue — Infratuzilma 4/5
Crystal Avenue — Infratuzilma 5/5
01/ 05

Infratuzilma

KUNDALIK HAYOT UCHUN TO'LIQ QULAYLIKLAR

Jami 2000 ga yaqin xonadondan iborat ushbu ulkan "shahar ichidagi shahar" o'z rezidentlariga kundalik hayot uchun kerak bo'ladigan barcha xizmatlarni bitta hududda taqdim etadi. Binolarning birinchi qavatlari butunlay yirik savdo markazlari, kundalik ehtiyoj mollari do'konlari va maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalari uchun ajratilgan. Shuningdek, aholi avtomobillari xavfsizligini ta'minlash maqsadida bolalar o'yin maydonchasi ostida maxsus keng yerosti avtoturargohi barpo etilmoqda. Ushbu yirik massiv bosqichma-bosqich, ya'ni birinchi bosqich joriy yilda, keyingi bosqich esa 2027-yilning oxirida to'liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Obod hudud

XAVFSIZ VA YASHIL ICHKI HOVLI

"Crystal Avenue" loyihasining ichki hovlisi aholi, ayniqsa farzandlaringiz xavfsizligi va xotirjamligi uchun maxsus yopiq konsepsiya asosida loyihalashtirilgan. Avtomobillar asosan yerosti turargohiga joylashishi sababli, hovli butunlay odamlar sayr qilishi va bolalar o'ynashi uchun erkin hudud bo'lib qoladi. Keng maydonda turli yoshdagi bolajonlar uchun xavfsiz o'yin qurilmalari, shuningdek, sport va sog'lom turmush tarzi ixlosmandlari uchun maxsus zonalar tashkil etiladi. Atrof ko'kalamzorlashtirilib, shinam o'rindiqlar o'rnatiladi. Bu yerda siz ish kunidan so'ng toza havodan bahramand bo'lib, oilangiz bilan maroqli va sokin hordiq chiqarishingiz mumkin.

07

Joylashuv

Farg'ona

  1. 2 minut markaziy bog'gacha
  2. 7 minut aeroportgacha
  3. 10 minut Yoshlar mahallasigacha
Xaritada ochish
Crystal Avenue40.3839° N 71.7746° E
08

Biz bilan bog'lanish

Kontaktlaringizni qoldiring, biz sizga qayta qo'ng'iroq qilamiz!

Saytda taqdim etilgan materiallar ommaviy oferta hisoblanmaydi

Saytda taqdim etilgan materiallar ommaviy oferta hisoblanmaydi

Investitsiya kalkulyatori

Kvartira xarid qilish va bankka qo'yishni solishtiring

м²
UZS
UZS
oy
UZS
Инвестиции в TXT GROUP
Kvartira narxi 480,000,000 UZS $40,000
Oylik to'lov 11,666,667 UZS/oy
Через 5 лет (15%) 965,342,000 UZS (+15%/год)
Депозит в банке (12%)
Начальный капитал 480,000,000 UZS  
Ежемесячный доход 4,800,000 UZS/oy
Накопления через 5 лет (12%) 0 UZS (+12%/год)
🏢

Agar TXT GROUP dan olsangiz

Narx o'sishi va ijaradan foyda: +15% yiliga

🏦

Если положить в банк

Omonat bo'yicha o'rtacha stavka: ~12-14% yiliga

Biz bilan bog'lanish

Kontakt ma'lumotlarini qoldiring va biz siz bilan bog'lanamiz!

Tugmani bosish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash shartlariga rozilik bildirasiz