
Sayhan
Jizzax shahrida to'liq tayyor va shinam hayot manzili
Loyiha haqida
"Yangi O'zbekiston" massivida qad rostlagan, to'liq foydalanishga topshirilgan 9 qavatli tayyor majmua — oilangiz uchun xarid qilingan kundanoq xotirjamlik va qulaylikni taqdim etuvchi ishonchli maskan.
Asosiy jihatlar
Arxitektura
MUSTAHKAM KONSTRUKSIYA VA TAYYOR LOYIHA
"Sayxan" turar-joy majmuasi Jizzax shahrining me'moriy qiyofasiga zamonaviylik olib kirgan muhtasham loyihadir. Jami 8 ta blokdan iborat bo'lgan ushbu 9 qavatli binolar yuqori sifatli beton va ekologik toza gazobloklardan bunyod etilgan bo'lib, o'ta mustahkam va seysmik jihatdan to'liq xavfsizdir. Loyiha yuz foiz yakunlanib, foydalanishga topshirilgan. Binolarning tashqi fasadi zamonaviy materiallar bilan ishlangan bo'lib, atrof-muhit bilan go'zal uyg'unlik hosil qiladi. Mustahkam karkas, ishonchli devorlar va yorug' derazalar aholining uzoq yillar davomida xotirjam, issiq hamda shinam muhitda yashashini to'liq kafolatlaydi.
Infratuzilma
Yashash uchun qulay muhit
"Sayhan" shunchaki turar-joy majmuasi emas, balki "TXT Group" tomonidan qad rostlayotgan Jizzax shahrining eng go'zal va yirik zamonaviy shaharchasidir. Loyiha o'z ichiga 20 dan ortiq blok va 2000 dan ziyod shinam xonadonlarni qamrab oladi. Aholining barcha ehtiyojlarini qondirish maqsadida shaharcha hududida 3500 o'rinli zamonaviy maktab, bolalar bog'chasi, sport maktabi hamda maxsus sport hududlari barpo etilmoqda. Quvonarli jihati shundaki, ushbu ulkan loyihaning 90 foiz hududi allaqachon qurib bitkazilgan bo'lib, yuzdan ortiq xonadonlarda ahil qo'shnichilik muhiti shakllanib ulgurgan. Ushbu yirik shaharcha 2026-yilning birinchi yarmida to'liq foydalanishga topshiriladi. Bu yerda farzandlaringiz kelajagi va oilangiz xotirjamligi uchun barcha sharoitlar muhayyo.
Joylashuv
YANGI MARKAZ VA QULAY LOKATSIYA
"Sayxan" majmuasi Jizzax shahrining jadal rivojlanib borayotgan nufuzli hududi — "Yangi O'zbekiston" massivida strategik jihatdan juda qulay nuqtada joylashgan. Temir yo'l vokzalidan o'tganda, ko'prik va halqa yo'li (betonka) yaqinida qad rostlagan bu manzil shahar bo'ylab erkin hamda tez harakatlanish imkonini beradi. Ushbu qulay lokatsiya aholiga barcha muhim ijtimoiy obyektlar, maktablar va xizmat ko'rsatish maskanlariga oson yetib borish imkoniyatini taqdim etadi. "Sayxan" majmuasi kundan-kunga gullab-yashnayotgan yangi markazda, oilaviy xotirjamlikni topishingiz uchun eng to'g'ri manzildir.
Biz bilan bog'lanish
Kontaktlaringizni qoldiring, biz sizga qayta qo'ng'iroq qilamiz!