
CARNAVAL MALL
JIZZAX SHAHRINING YANGI VA ZAMONAVIY SAVDO MARKAZI
Jizzax shahrining qoq markazida jadal qad rostlayotgan "Carnaval Mall" savdo majmuasi shahar aholisi va tadbirkorlar uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar eshigini ochuvchi 5 qavatli muhtasham loyihadir.
Asosiy jihatlar
Loyiha haqida
Ushbu zamonaviy va yirik obyekt o'zida barcha qulayliklarni jamlagan bo'lib, uning qavatlari mijozlar oqimini to'g'ri taqsimlashga moslashtirilgan: bu yerda yirik supermarketlar, turli o'lchamdagi zamonaviy savdo do'konlari, shinam fud-kort (tezkor ovqatlanish hududi) hamda qulay dam olish zonalari joylashishi ko'zda tutilgan. Eng e'tiborli va quvonarli jihati shundaki, bugungi kunga kelib majmua qurilishining 70 foizi to'liq yakunlangan. Fasadning o'ziga xos arxitekturasi va keng panoramik oynalari binoga nafaqat salobat, balki ko'p miqdorda tabiiy yorug'lik ham bag'ishlaydi. Markazlashgan lokatsiyada joylashgan "Carnaval Mall" tez orada nafaqat qulay xaridlar maskani, balki oila a'zolar va do'stlar davrasida maroqli hordiq chiqarish uchun Jizzaxdagi eng sevimli va gavjum markazga aylanishi shubhasiz!
Biz bilan bog'lanish
Kontaktlaringizni qoldiring, biz sizga qayta qo'ng'iroq qilamiz!