Sayhan

JizzaxAmalga oshirilgan loyiha

Sayhan

Jizzax shahrida to'liq tayyor va shinam hayot manzili

Loyiha haqida

"Yangi O'zbekiston" massivida qad rostlagan, to'liq foydalanishga topshirilgan 9 qavatli tayyor majmua — oilangiz uchun xarid qilingan kundanoq xotirjamlik va qulaylikni taqdim etuvchi ishonchli maskan.

Asosiy jihatlar

  1. Mukammal infratuzilma va qulayliklar

  2. Ovozsiz liftlar

  3. Xususiy yashil bog'

  4. Qulay joylashuv

Arxitektura

MUSTAHKAM KONSTRUKSIYA VA TAYYOR LOYIHA

"Sayxan" turar-joy majmuasi Jizzax shahrining me'moriy qiyofasiga zamonaviylik olib kirgan muhtasham loyihadir. Jami 8 ta blokdan iborat bo'lgan ushbu 9 qavatli binolar yuqori sifatli beton va ekologik toza gazobloklardan bunyod etilgan bo'lib, o'ta mustahkam va seysmik jihatdan to'liq xavfsizdir. Loyiha yuz foiz yakunlanib, foydalanishga topshirilgan. Binolarning tashqi fasadi zamonaviy materiallar bilan ishlangan bo'lib, atrof-muhit bilan go'zal uyg'unlik hosil qiladi. Mustahkam karkas, ishonchli devorlar va yorug' derazalar aholining uzoq yillar davomida xotirjam, issiq hamda shinam muhitda yashashini to'liq kafolatlaydi.

Infratuzilma

Yashash uchun qulay muhit

"Sayhan" shunchaki turar-joy majmuasi emas, balki "TXT Group" tomonidan qad rostlayotgan Jizzax shahrining eng go'zal va yirik zamonaviy shaharchasidir. Loyiha o'z ichiga 20 dan ortiq blok va 2000 dan ziyod shinam xonadonlarni qamrab oladi. Aholining barcha ehtiyojlarini qondirish maqsadida shaharcha hududida 3500 o'rinli zamonaviy maktab, bolalar bog'chasi, sport maktabi hamda maxsus sport hududlari barpo etilmoqda. Quvonarli jihati shundaki, ushbu ulkan loyihaning 90 foiz hududi allaqachon qurib bitkazilgan bo'lib, yuzdan ortiq xonadonlarda ahil qo'shnichilik muhiti shakllanib ulgurgan. Ushbu yirik shaharcha 2026-yilning birinchi yarmida to'liq foydalanishga topshiriladi. Bu yerda farzandlaringiz kelajagi va oilangiz xotirjamligi uchun barcha sharoitlar muhayyo.

Joylashuv

YANGI MARKAZ VA QULAY LOKATSIYA

"Sayxan" majmuasi Jizzax shahrining jadal rivojlanib borayotgan nufuzli hududi — "Yangi O'zbekiston" massivida strategik jihatdan juda qulay nuqtada joylashgan. Temir yo'l vokzalidan o'tganda, ko'prik va halqa yo'li (betonka) yaqinida qad rostlagan bu manzil shahar bo'ylab erkin hamda tez harakatlanish imkonini beradi. Ushbu qulay lokatsiya aholiga barcha muhim ijtimoiy obyektlar, maktablar va xizmat ko'rsatish maskanlariga oson yetib borish imkoniyatini taqdim etadi. "Sayxan" majmuasi kundan-kunga gullab-yashnayotgan yangi markazda, oilaviy xotirjamlikni topishingiz uchun eng to'g'ri manzildir.

Biz bilan bog'lanish

Kontaktlaringizni qoldiring, biz sizga qayta qo'ng'iroq qilamiz!

Saytda taqdim etilgan materiallar ommaviy oferta hisoblanmaydi

Saytda taqdim etilgan materiallar ommaviy oferta hisoblanmaydi

Investitsiya kalkulyatori

Kvartira xarid qilish va bankka qo'yishni solishtiring

м²
UZS
UZS
oy
UZS
Инвестиции в TXT GROUP
Kvartira narxi 480,000,000 UZS $40,000
Oylik to'lov 11,666,667 UZS/oy
Через 5 лет (15%) 965,342,000 UZS (+15%/год)
Депозит в банке (12%)
Начальный капитал 480,000,000 UZS  
Ежемесячный доход 4,800,000 UZS/oy
Накопления через 5 лет (12%) 0 UZS (+12%/год)
🏢

Agar TXT GROUP dan olsangiz

Narx o'sishi va ijaradan foyda: +15% yiliga

🏦

Если положить в банк

Omonat bo'yicha o'rtacha stavka: ~12-14% yiliga

Biz bilan bog'lanish

Kontakt ma'lumotlarini qoldiring va biz siz bilan bog'lanamiz!

Tugmani bosish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash shartlariga rozilik bildirasiz