TURON
Bekobod shahrining yangi va barakali yashash manzili
Loyiha haqida
Toshkent viloyatida qad rostlayotgan 9 qavatli zamonaviy majmua — ishonchli arxitektura, qulay infratuzilma va oilangiz uchun xotirjamlikni o'zida jamlagan nufuzli manzil.
Asosiy jihatlar
01/ 06
Arxitektura
MUSTAHKAM DIZAYN VA SHOVQINDAN HIMOYA
"Baraka" turar-joy majmuasi Bekobod shahrining me'moriy qiyofasini boyituvchi, 5 ta blok va 9 qavatdan iborat ulug'vor loyihadir. Bino poydevori va asosiy karkasi yuqori sifatli monolit betondan, xonalararo devorlari esa ekologik toza gazobloklardan bunyod etilmoqda. Fasad qismi zamonaviy va chidamli kafel bilan qoplanib, binoga nafis ko'rinish bag'ishlaydi. Loyihada aholi xotirjamligini ta'minlash maqsadida devorlarga maxsus shovqin izolyatsiyasi o'rnatiladi. Temir yo'ldan xavfsiz masofada va 2,8 metr chuqurlikdagi mustahkam kotlovan ustida qurilayotgan bu bino uzoq yillik seysmik chidamlilikni to'liq kafolatlaydi.
01/ 06
Xonalar planirovkasi
ERKIN REJALASHTIRISH VA KENG MAKON
Majmuada shinam va keng makonni qadrlovchi oilalar uchun umumiy maydoni 60 kvadrat metrdan 97 kvadrat metrgacha bo'lgan qulay 2 xonali xonadonlar taklif etiladi (hozirda 1 xonali variantlar to'liq sotilgan). Barcha xonadonlar egalariga qulay "korobka" (qora suvoq) holatida topshiriladi. Xonalarning ko'chaga qaragan yorug' derazalari vizual kenglikni oshiradi. Bunday yondashuv kelajakdagi uy egalariga o'z makonini oila a'zolarining ehtiyojlariga to'liq moslashtirgan holda erkin rejalashtirish hamda individual va zamonaviy uslubda ta'mirlash uchun juda keng imkoniyatlar yaratib beradi.
01/ 07
Infratuzilma
KUNDALIK HAYOT UCHUN TO'LIQ QULAYLIKLAR
Loyiha doirasida aholining kundalik hayoti uchun barcha zaruriy infratuzilma obyektlari ko'zda tutilgan. Binolarning birinchi qavati to'liq zamonaviy savdo maydonlariga ajratilgan bo'lib, u yerda yirik do'konlar, qahvaxonalar va maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalari joylashadi. Avtomobil egalarining xavfsizligi va qulayligi uchun maxsus -1 qavatda keng yerosti avtoturargohi barpo etilmoqda. Renderlarda aks etganidek, majmua hovlisida yashil hududlar, sayr yo'laklari, shinam ayvonlar va bolalar o'yin maydonchalari tashkil etiladi. Loyiha 2027-yilning to'rtinchi choragida to'liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Joylashuv
BEKOBOD MARKAZI VA QULAY LOKATSIYA
"Baraka" turar-joy majmuasi Toshkent viloyatining sanoati jadal rivojlanayotgan hududi — Bekobod shahrining markazida strategik jihatdan juda qulay nuqtada qad rostlamoqda. Loyiha temir yo'l vokzali va piyodalar ko'prigi (peshexod most) yaqinida joylashgani bilan ahamiyatlidir. Bunday nufuzli lokatsiya shahar markaziga, barcha muhim ijtimoiy obyektlar va transport tugunlariga tez hamda oson yetib borish imkonini beradi. "Baraka" majmuasi Bekobod shahrining faol ritmida yashashni xush ko'ruvchi va doimo qulayliklar markazida bo'lishni istagan insonlar uchun eng to'g'ri tanlovdir.
08
Biz bilan bog'lanish
Kontaktlaringizni qoldiring, biz sizga qayta qo'ng'iroq qilamiz!